SOS
Xavfsizlik

Rostov-na-Donuda migratsiya nazorati bo‘yicha reyd o‘tkazildi

Rostov-na-Donuda migratsiya nazorati bo‘yicha reyd o‘tkazildi

Rostov-na-Donu shahridagi bozor hududlaridan birida Rossiya IIV xodimlari tomonidan migratsiya nazorati bo‘yicha tekshiruv tadbirlari o‘tkazildi. Reyd davomida bozor hududi huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rab olindi.

Tekshiruv jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va tartibni nazorat qilish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanildi. Dronlar yordamida hududdan chiqib ketishga urinish holatlarining oldini olish choralari ko‘rildi.

Reyd davomida xorijiy fuqarolarning migratsiya qonunchiligiga rioya etishi, shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tekshirildi. Shuningdek, savdo rastalari va ayrim shaxslarning aloqa vositalari ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida qonunchilikni buzganlikda gumon qilingan shaxslar aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Migrantlarga o‘z hujjatlarini doimo tartibda saqlash va migratsiya qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi.

31.08.20265