SOS
Xavfsizlik

Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonchasida 300 nafar migrant tekshiruvdan o'tkazildi

Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonchasida 300 nafar migrant tekshiruvdan o'tkazildi

Sankt-Peterburg politsiyasi Pulkovskoe shosse, 103-uy manzilida joylashgan qurilish maydonchasida keng ko'lamli tekshiruv o'tkazdi. Reyd jarayonida obyektda mehnat faoliyatini olib borayotgan qariyb 300 nafar xorijlik fuqaroning hujjatlari tekshirildi.

Tekshiruvlar tunda, ishchilar dam olayotgan vaqtda amalga oshirildi. Jarayon davomida bir nafar ishchi tekshiruvdan qochish maqsadida vaqtinchalik boshpana tomi ustiga chiqishga uringan, biroq politsiya xodimining ogohlantiruvidan so'ng pastga tushgan.

Tekshiruv yakunlariga ko'ra, Rossiyada bo'lish qoidalarini buzganligi aniqlangan 5 nafar chet el fuqarosi politsiya bo'limiga olib ketildi. Hozirda sud ushbu shaxslarni mamlakatdan deportatsiya qilish masalasini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kronshtadtda o'tkazilgan shunga o'xshash reydlar davomida migratsiya qonunchiligini buzgan 8 nafar xorijlik aniqlangan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg rasmiylari xorijliklar uchun chakana savdo, sport zallari va sartaroshxona kabi sohalarda ishlashni taqiqlovchi yangi cheklovlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.

05.10.20264