SOS
Xavfsizlik

Tataristonda havo trevogasi vaqtida boshpanalardan foydalanish tartibi kuchaytirildi

Tataristonda havo trevogasi vaqtida boshpanalardan foydalanish tartibi kuchaytirildi

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov hukumat yig‘ilishida respublika hududida havo trevogasi e’lon qilingan vaqtda aholining boshpanalarga kirishini kechayu kunduz ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ushbu chora aholi xavfsizligini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tekshiruvlar davomida 396 ta ko‘p qavatli uyning podval qismlarida kamchiliklar aniqlangan. Aholi boshpanalarning holati qoniqarsizligi, ularning joylashuvi haqida ma’lumot yetishmasligi va eshiklarning yopiqligi yuzasidan shikoyat qilgan. Rustam Minnixanov boshqaruv kompaniyalariga ushbu joylarni tartibga keltirish va aholini xabardor qilish vazifasini yukladi.

Shuningdek, sanoat korxonalari va tashkilotlarda dronlar xavfi yuzaga kelganda amal qilinishi kerak bo‘lgan harakatlar algoritmi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Davlat uy-joy inspeksiyasiga ko‘p qavatli uylardagi boshpanalarni nazorat qilish va ularning shayligini ta’minlash topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Nijnekamsk shahriga uyushtirilgan hujum oqibatida ko‘plab fuqarolar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlangan edi. Rasmiylar havo trevogasi signali berilganda uni e’tiborsiz qoldirmaslik va zudlik bilan xavfsiz joylarga o‘tish muhimligini ta’kidlamoqda.

16.08.20260