SOS
Xavfsizlik

Voronej viloyatida giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi

Voronej viloyatida giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi

Voronej viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumon qilingan ikki nafar Markaziy Osiyo fuqarosi qo‘lga olindi. Tekshiruv jarayonida ulardan bir kilogramm og‘irlikdagi metadon moddasi topilgan.

Aniqlanishicha, giyohvand moddalar 2400 ta alohida o‘ramga joylashtirilgan holda yashirin joyga (taynik) joylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, giyohvand moddalarni noqonuniy saqlash va sotish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun og‘ir jazo choralari belgilangan. Ushbu holat bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

16.08.20260