SOS
Xavfsizlik

Yekaterinburgda migrant farzandlari uchun rus tili testi: natijalar va qo'shimcha kurslar

Yekaterinburgda migrant farzandlari uchun rus tili testi: natijalar va qo'shimcha kurslar

Yekaterinburg shahar ta'lim departamenti ma'lumotlariga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilida shahardagi maktablarda jami 4,3 ming nafar xorijlik fuqarolarning farzandlari ta'lim olgan. O'quvchilarning rus tili darajasini aniqlash maqsadida o'tkazilgan test sinovlarida 1 239 nafar bola ishtirok etdi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, test topshirganlarning 64,5 foizi rus tilini yetarli darajada o'zlashtirganini tasdiqladi. Imtihondan o'ta olmagan o'quvchilar esa kelgusida qayta sinovdan o'tishlari uchun rus tilini xorijiy til sifatida o'qitish kurslariga yo'naltirildi.

Shahar ma'muriyati til ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida 13 ta maktabda maxsus o'quv guruhlarini tashkil etgan. Guruhlar bolaning yoshi va tilni bilish darajasiga qarab shakllantirilmoqda. O'tgan yili ushbu kurslarni 270 nafar o'quvchi tamomlagan bo'lib, ularning 233 nafari yakuniy testdan muvaffaqiyatli o'tgan.

Testdan o'ta olmagan qolgan 37 nafar bolaning 12 nafari o'qishni davom ettirish uchun kurslarga qaytgan, 23 nafari esa o'z vataniga qaytgan.

08.10.20261