SOS
Deportatsiya

18 yil oldin olingan Rossiya fuqaroligi bekor qilindi

18 yil oldin olingan Rossiya fuqaroligi bekor qilindi

Yaroslavl viloyati IIB xabariga ko‘ra, Rostov tumanida yashovchi 45 yoshli shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan mahrum etildi. Mazkur fuqaro 18 yil avval Rossiya pasportini olgan edi.

Fuqarolikdan mahrum etilishiga sud hukmi asos bo‘ldi. Dzerjinskiy tuman sudi tomonidan u Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo‘yicha aybdor deb topilgan. Unga nisbatan shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Sud hukmi qonuniy kuchga kirgach, 2023-yil 28-apreldagi «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi 138-FZ-sonli federal qonun talablariga muvofiq, ichki ishlar organlari tomonidan shaxsning fuqaroligini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda migratsiya bo‘linmalari tomonidan shu kabi asoslar bilan jami 14 ta fuqarolikni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. Bu holatlar asosan Rossiya Konstitutsiyasi va qonunchiligiga rioya qilish majburiyatini buzish, jumladan, jinoyat sodir etish bilan bog‘liqdir.

Rasmiylar Rossiya fuqaroligini olgan shaxslar mamlakat qonunchiligiga qat’iy rioya qilishlari shartligini va qonunbuzarliklar fuqarolikdan mahrum etilishiga olib kelishi mumkinligini eslatib o‘tadi.

19.08.20264