SOS
Deportatsiya

Anapada 19 nafar migrant noqonuniy ishlagani uchun qo‘lga olindi

Anapada 19 nafar migrant noqonuniy ishlagani uchun qo‘lga olindi

Krasnodar o‘lkasi Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Anapa shahridagi qurilishi tugallanmagan turar joy majmuasida tekshiruv o‘tkazdi. Natijada migratsiya qonunchiligini buzgan holda mehnat faoliyatini olib borayotgan 19 nafar xorijlik fuqaro aniqlanib, ushlandi.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu shaxslarning aksariyati Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzgan va ruxsatsiz ishlagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 18.8 va 18.10-moddalari bo‘yicha jami 24 ta bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qo‘lga olinganlarning 9 nafarini Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, noqonuniy mehnat muhojirlarini ishga yollagan ish beruvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma va qonuniy asoslar bo‘lishi shart. Hujjatlardagi kamchiliklar yoki ularning mavjud emasligi ma’muriy jarimalar va mamlakatdan chiqarib yuborish kabi choralarga olib kelishi mumkin.

05.09.20267