Rossiyaning Arxangelsk viloyatida 1-oktyabrdan 10-oktyabrga qadar «Noqonuniy-2026» tezkor-profilaktika operatsiyasi o'tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar noqonuniy migratsiya kanallarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, huquq-tartibot organlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda tekshiruvlar olib borilmoqda.
Operatsiyaning dastlabki bir haftasida politsiya xodimlari 56 ta migratsiya qonunchiligi buzilishi holatini qayd etdi. Xususan, 9 nafar xorijlik fuqaroning Rossiyada noqonuniy bo'lib turgani aniqlangan. Shuningdek, 9 ta holatda xorijiy fuqarolar tomonidan mehnat faoliyatini noqonuniy amalga oshirish, 10 ta holatda esa ish beruvchilar tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgani aniqlandi.
Tekshiruvlar natijasida 9 nafar qoidabuzarga nisbatan Rossiyadan ma'muriy tartibda chiqarib yuborish qarori qabul qilindi, ulardan 3 nafari Arxangelsk shahridagi xorijiy fuqarolarni saqlash markaziga joylashtirildi. Bundan tashqari, 35 nafar xorijlikka nisbatan Rossiya qonunchiligiga rioya qilmaganligi sababli mamlakatga kirish taqiqlandi.
Shuningdek, hujjatlar bilan bog'liq jiddiy choralar ko'rildi: 2 ta vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi, 6 ta yashash guvohnomasi (VNJ) va 2 ta patent bekor qilindi. Arxangelsk va Severodvinsk shaharlarida yashovchi 2 nafar xorijlikning Rossiyada vaqtincha bo'lish muddati qisqartirildi. Hozirda aniqlangan barcha holatlar bo'yicha tergovga qadar tekshiruvlar o'tkazilmoqda va jinoyat ishlari qo'zg'atish masalasi ko'rib chiqilmoqda.









