SOS
Deportatsiya

Chelyabinskda 83 nafar xorijlik mamlakatdan chiqarib yuboriladi — reydlar natijalari

Chelyabinskda 83 nafar xorijlik mamlakatdan chiqarib yuboriladi — reydlar natijalari

Chelyabinsk viloyatida Rossiya IIVning migratsiya masalalari boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan «Noqonuniy migrant» federal profilaktika operatsiyasi o'tkazildi. Reydlar davomida yotoqxona, xostellar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saralash sexi tekshiruvdan o'tkazildi.

Besh kunlik keng ko'lamli tekshiruvlar natijasida migratsiya sohasida 539 ta ma'muriy huquqbuzarlik aniqlandi va 36 ta jinoyat qayd etildi. Shuningdek, 25 ta jinoyat ishi qo'zg'atilgani ma'lum qilindi. Tekshiruvlar davomida 2 ta Rossiya qoidalarini buzish, 10 ta noqonuniy mehnat faoliyati va 11 ta majburiy tibbiy ko'rikdan o'tishdan bo'yin tovlash holatlari aniqlangan.

Operatsiya yakunlariga ko'ra, 83 nafar xorijlik fuqaroni Rossiyadan majburiy chiqarib yuborish to'g'risida qaror qabul qilindi. Ulardan 49 nafari vaqtinchalik saqlash markaziga joylashtirildi. Bundan tashqari, 3 nafar shaxs jazo muddatini o'tab chiqqach deportatsiya qilindi, 68 nafar migrantga esa Rossiyaga kirish taqiqlandi. Qidiruvda bo'lgan 2 nafar xorijlik fuqaro qo'lga olindi.

Ushbu tadbirlar mintaqa bo'ylab, jumladan, Chelyabinskning Kalininskiy, Argayash tumanlari va Magnitogorsk shahrida amalga oshirildi. Migrantlarga migratsiya qonunchiligiga rioya qilish, jumladan, mehnat faoliyatini qonuniy rasmiylashtirish va tibbiy ko'rikdan o'tish muhimligini eslatib o'tamiz.

09.10.20261