SOS
Deportatsiya

Krasnodarda 29 nafar migrant noqonuniy ishlagani uchun javobgarlikka tortildi

Krasnodarda 29 nafar migrant noqonuniy ishlagani uchun javobgarlikka tortildi

Rossiya IIVning Krasnodar o'lkasi bo'yicha bosh boshqarmasi xabariga ko'ra, Stavropol ko'chasidagi qurilish obyektlaridan birida reyd o'tkazildi. Tekshiruv davomida 29 nafar xorijlik fuqaro Rossiya hududida qonuniy asoslarsiz bo'lib turgani va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani aniqlangan.

Aniqlangan migrantlarning 2 nafari migratsiya qonunchiligini buzgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi. Ularga nisbatan ishlash uchun patentning mavjud emasligi va mamlakat hududida noqonuniy bo'lish holatlari bo'yicha tegishli choralar ko'rildi.

Shuningdek, nazorat organlari xorijlik ishchilarni noqonuniy ravishda ishga qabul qilgan ish beruvchiga nisbatan ham tekshiruv boshlanganini ma'lum qildi. Qonunbuzarlikka yo'l qo'ygan ish beruvchi ham qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.

Ushbu holat Rossiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarni hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirish va patent talablariga rioya qilish muhimligini yana bir bor eslatadi.

15.09.20261