SOS
Deportatsiya

Krasnoyarskda 8 nafar migrant qonunbuzarlik uchun ushlandi

Krasnoyarskda 8 nafar migrant qonunbuzarlik uchun ushlandi

Krasnoyarsk o'lkasi IIV Migratsiya masalalari boshqarmasi va Ekstremizmga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha reyd o'tkazildi. Tekshiruvlar shahar hududidagi ulgurji-taqsimlash markazi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va qurilish maydonchalarida amalga oshirildi.

Reyd davomida 30 dan ortiq xorij fuqarosi tekshiruvdan o'tkazildi. Ularning 8 nafarida migratsiya qonunchiligini buzish holatlari aniqlangan. Ushbu shaxslar politsiya bo'limiga olib borilib, ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Umumiy hisobda 18 ta ma'muriy huquqbuzarlik qayd etilgan bo'lib, ular asosan Rossiya Federatsiyasida noqonuniy bo'lish va mehnat faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish bilan bog'liq. Barcha huquqbuzarlarga ma'muriy jarimalar tayinlandi, shuningdek, 2 nafar xorij fuqarosini Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Politsiya xodimlari ayni damda xorijliklarni noqonuniy ishga yollagan va ularga turar joy taqdim etgan shaxslarni aniqlash hamda javobgarlikka tortish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

14.09.20261