SOS
Deportatsiya

Moskva viloyatida noqonuniy mehnat qilgan 133 nafar xorijlik aniqlandi

Moskva viloyatida noqonuniy mehnat qilgan 133 nafar xorijlik aniqlandi

Moskva viloyati Lyubertsi shahar okrugiga qarashli Tomilino shaharchasidagi yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonada migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazildi. Tadbirda Rossiya IIVning viloyat boshqarmasi va Lyubertsi bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Tekshiruv natijasida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlaridan kelgan 133 nafar xorij fuqarosi Rossiya Federatsiyasida noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Ularning barchasiga nisbatan Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 18.10-moddasi 2-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, ushlanganlarning 90 nafari Rossiyada bo‘lish tartibini buzgani uchun (18.8-modda 3.1-qismi) qo‘shimcha jarimaga tortildi. Huquqbuzarlarga 5 mingdan 7 ming rublgacha jarima solindi va ularni Rossiya hududidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Ayni paytda 27 nafar shaxs deportatsiya qilinishini kutish uchun xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

Politsiya xodimlari xorijliklarni noqonuniy ravishda ishga qabul qilgan ish beruvchilarni ham aniqladi. Qonunchilikka muvofiq, ushbu ish beruvchilarga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

18.08.20260