SOS
Deportatsiya

«Nelegal-2026» operatsiyasi: 45 nafar xorijlik Rossiyadan chiqarib yuboriladi

«Nelegal-2026» operatsiyasi: 45 nafar xorijlik Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Rossiyaning Smolensk viloyatida 1-oktabrdan 10-oktabrgacha «Nelegal-2026» kompleks tezkor-profilaktika operatsiyasining ikkinchi bosqichi o'tkazildi. Tadbir davomida migratsiya qonunchiligi buzilishi bilan bog'liq 300 dan ortiq ma'muriy huquqbuzarlik qayd etildi.

Tekshiruvlar natijasida 120 nafar xorijlik fuqaro Rossiyaga kirish yoki bo'lish qoidalarini buzgani, yana 60 nafardan ortig'i esa belgilangan tartibga rioya qilmagani aniqlandi. Shuningdek, 60 dan ortiq holatda migrantlarni noqonuniy ishga jalb qilish va xorijliklarning ruxsatsiz mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi holatlari fosh etildi. Qoidabuzarlarga nisbatan jami 687 000 rubldan ortiq jarima belgilandi.

Operatsiya yakunlari bo'yicha 45 nafar xorijlik fuqaroga nisbatan Rossiyadan ma'muriy chiqarib yuborish qarori qabul qilindi. Ulardan 28 nafari mustaqil ravishda chiqib ketishi, 17 nafari esa IIV maxsus muassasalariga joylashtirilishi belgilangan. Hozirgi kunga qadar 25 nafar shaxs mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan, 55 nafar xorijlikka esa Rossiyaga kirish taqiqlangan.

Bundan tashqari, 8 nafar xorijlik fuqaroga nisbatan deportatsiya qarori chiqarilib, shundan 5 tasi ijro etilgan. Migratsiya qonunchiligini buzganlik holatlari bo'yicha 21 ta jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Smolensk viloyati IIV ma'lumotiga ko'ra, hududda bunday profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.

28.10.20260