SOS
Deportatsiya

Nijniy Novgorodda 55 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Nijniy Novgorodda 55 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi

1-oktabrdan 10-oktabrgacha Nijniy Novgorod shahrida “Nelegal-Kordon” nomli federal tezkor-profilaktik tadbir o'tkazildi. Operatsiya davomida huquq-tartibot organlari xodimlari 248 ta manzilni tekshirib, 807 nafar xorijlik fuqaroning hujjatlarini nazoratdan o'tkazdi.

Tekshiruvlar natijasida migratsiya qonunchiligini buzish bilan bog'liq jami 541 ta holat qayd etildi. Eng ko'p qoidabuzarliklar Rossiyada bo'lish qoidalarini buzish (295 ta protokol) va xorijliklarni ishga jalb qilish tartibini buzish (118 ta protokol) bilan bog'liq bo'ldi. Shuningdek, migratsiya hisobiga qo'yish tartibini buzish bo'yicha 44 ta, noqonuniy mehnat faoliyati uchun 38 ta va boshqa turdagi ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha protokollar rasmiylashtirildi.

Qonunbuzarliklar natijasida 55 nafar xorijlik fuqaroga Rossiya Federatsiyasi hududidan ma'muriy tartibda chiqarib yuborish jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, 39 nafar shaxsga nisbatan Rossiyaga kirishni taqiqlash to'g'risida qaror qabul qilindi.

Operatsiya davomida noqonuniy migratsiyani tashkil etish, soxta hujjatlar tayyorlash va chet el fuqarolarini soxta ro'yxatga olish kabi jinoyatlar bo'yicha ham jinoiy ishlar qo'zg'atildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar migrantlar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazib, ularni qonunbuzarliklardan ogohlantirdi.

13.10.20261