SOS
Deportatsiya

Novosibirskda 32 nafar o'zbekistonlik migrant mamlakatdan chiqarib yuborildi

Novosibirskda 32 nafar o'zbekistonlik migrant mamlakatdan chiqarib yuborildi

Novosibirsk viloyati sud ijrochilari boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, o'tgan hafta davomida migratsiya qoidalarini buzgan 91 nafar xorijlik fuqaro Rossiyadan chiqarib yuborilgan. Ularning aksariyati mamlakatga kirish va bo'lish shartlarini bajarmagani uchun javobgarlikka tortilgan.

Bir kunning o'zida o'tkazilgan maxsus reydlar davomida 47 nafar qoidabuzar aniqlanib, davlat chegarasigacha kuzatib qo'yilgan. Ushbu reydlar Novosibirsk viloyatining Kirov, Lenin va Novosibirsk tumanlarida amalga oshirilgan.

Deportatsiya qilinganlar orasida 32 nafar O'zbekiston fuqarosi bor. Shuningdek, ro'yxatda 9 nafar Tojikiston, 3 nafardan Qozog'iston va Qirg'iziston hamda 1 nafar Ozarbayjon fuqarosi qayd etilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, barcha deportatsiya qilingan shaxslar vataniga qaytish uchun aviachiptalarni o'z mablag'lari hisobidan sotib olgan.

Sud ijrochilari xorijlik migrantlarga migratsiya qoidalariga qat'iy rioya qilishni eslatib o'tdi. Qoidalarni buzish nafaqat katta miqdordagi jarimalarga, balki Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborishga sabab bo'lishi mumkin.

22.10.20261