SOS
Deportatsiya

Ogʻir jinoyat sodir etgan 4 nafar xorijlik Rossiyadan deportatsiya qilindi

Ogʻir jinoyat sodir etgan 4 nafar xorijlik Rossiyadan deportatsiya qilindi

Novosibirsk viloyati IIV bosh boshqarmasi xabariga koʻra, mintaqada ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun sudlangan toʻrt nafar xorijlik fuqaro Rossiya hududidan majburiy tartibda chiqarib yuborildi. 1995, 1997 va 2002-yillarda tugʻilgan ushbu shaxslar oʻz jazo muddatlarini oʻtab boʻlgach, ularning Rossiyada boʻlishi istalmagan deb topildi.

Migratsiya masalalari boʻyicha boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tadbir davomida ushbu shaxslar chegara nazorat punktiga yetkazilgan va oʻz vatanlariga kuzatib qoʻyilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, deportatsiya qilingan har bir shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Unga koʻra, ushbu fuqarolarning mamlakat hududiga qayta kirishi 2031-yilga qadar taqiqlanadi.

31.08.20264