Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) Penza viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida xorijlik fuqaroning noqonuniy faoliyati aniqlandi. Ma'lum qilinishicha, ushbu shaxs radikal millatchilik g'oyalarini qo'llab-quvvatlagan.
Tekshiruv natijalariga ko'ra, xorijlik fuqaro o'z qarashlarini ommaviy ravishda targ'ib qilib, milliy adovatni qo'zg'atishga uringan. Xususan, u ayrim hududlar vakillarining mahalliy aholidan ustunligi haqidagi g'oyalarni tarqatgan va fuqarolarni kamsitish zarurligi to'g'risida chaqiriqlar qilgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli choralar ko'rilib, qoidabuzar fuqaro Rossiya hududidan majburiy tartibda deportatsiya qilindi. Shuningdek, uning Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi 100 yil muddatga taqiqlandi.









