SOS
Deportatsiya

Primorye o'lkasida noqonuniy yashayotgan xorijliklar aniqlandi va deportatsiya qilinmoqda

Primorye o'lkasida noqonuniy yashayotgan xorijliklar aniqlandi va deportatsiya qilinmoqda

Primorye o'lkasining Dalnegorsk shahrida Rossiya IIV xodimlari tomonidan «Nelegal» tezkor-profilaktika tadbirlari o'tkazildi. Tekshiruvlar davomida qurilish va savdo obyektlari, shuningdek, xorijliklar yashaydigan manzillar nazoratdan o'tkazildi.

Tekshiruv jarayonida Pioner ko'chasidagi xonadonlardan birida 6 nafar xorij fuqarosi aniqlandi. Ulardan 3 nafariga Rossiya fuqarosi tomonidan vaqtinchalik yashash uchun joy taqdim etilgan bo'lsa-da, migratsiya hisobiga qo'yilmagani ma'lum bo'ldi. Ushbu qoidabuzarlik uchun uy egasiga nisbatan Rossiya Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.9-moddasi 4-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, migratsiya bazasini monitoring qilish chog'ida Armaniston fuqarosiga nisbatan 2 ta ma'muriy bayonnoma tuzildi. Unga yashashni tasdiqlovchi xabarnomani taqdim etmagani va yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tmagani (18.8-modda 1-qismi) ayblovlari qo'yildi. Yana bir sobiq ittifoq respublikasi fuqarosi esa Rossiyada bo'lish muddatini buzgani uchun (18.8-modda 1.1-qismi) mamlakat hududidan chiqarib yuborilishi belgilandi.

Dalnegorsk politsiyasi migratsiya qonunchiligi ustidan nazoratni kuchaytirganini ma'lum qildi. Xorijlik fuqarolardan o'z hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirish hamda migratsiya hisobiga turish qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, migrantlar Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborilishi mumkin.

12.10.20260