Rossiya IIV ma'lumotlariga ko'ra, xorijlik fuqarolarning biometrik ma'lumotlarini yig'ish bo'yicha eksperiment boshlanganidan buyon chegara nazoratidan 14 millionga yaqin kishi o'tgan. Tekshiruvlar natijasida Rossiyaga kirishi taqiqlangan 70 mingga yaqin shaxs aniqlangan.
Ushbu tizim xorijliklarni chegara nazorati vaqtida fotosurat va barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish imkonini beradi. Tizim nafaqat ma'lumotlarni yig'ish, balki kirish taqiqlanganidan so'ng shaxsiy ma'lumotlarini o'zgartirib, qaytadan kirishga uringan fuqarolarni aniqlashda ham yordam bermoqda.
Eksperiment 2024-yil 1-dekabrdan boshlab Moskva aviatsiya uzeli (Sheremetyevo, Domodedovo, Jukovskiy) va Orenburg viloyatidagi "Mashtakovo" avtomobil o'tkazish punktida yo'lga qo'yilgan edi. 2025-yil 1-maydan boshlab Vnukovo xalqaro aeroporti ham ushbu jarayonga qo'shildi.
2026-yil iyun oyida esa yana 11 ta chegara o'tkazish punkti, jumladan, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Yekaterinburg shaharlari hamda Oltoy o'lkasi, Irkutsk, Kurgan, Novosibirsk, Saratov, Orenburg va Omsk viloyatlaridagi punktlar zamonaviy biometrik tizimlar bilan jihozlandi.









