SOS
Deportatsiya

Rossiya IIV xorijliklarga kirish taqiqini belgilash tartibini tezlashtirdi

Rossiya IIV xorijliklarga kirish taqiqini belgilash tartibini tezlashtirdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijlik fuqarolarning mamlakatga kirishini taqiqlash yoki ushbu taqiqni bekor qilish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha yangi tartibni joriy qildi. Endilikda tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng, xorijlik fuqaro bu haqda uch ish kuni ichida xabardor qilinishi shart. Avvalgi tartibda bu muddat aniq belgilanmagan edi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, xabarnoma ikki nusxada tayyorlanadi. Bir nusxasi xorijlik fuqaroga shaxsan topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa uning shaxsiy yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi. Shuningdek, aeroportlar, vokzallar va portlardagi migratsiya nazorati xodimlari endilikda qaror loyihasini 24 soat ichida tayyorlashlari kerak bo‘ladi (avval bu muddat ikki ish kunini tashkil etgan).

Jarayonni tezlashtirish maqsadida qarorni tasdiqlash vakolati migratsiya bo‘linmasi boshlig‘i bilan bir qatorda uning o‘rinbosariga ham berildi. Bundan tashqari, xorijlik fuqaroning Rossiya hududidagi oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni tekshirish tartibi bekor qilindi. Shuni ta’kidlash kerakki, kirish taqiqi yoki uni bekor qilish bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishning asosiy muddati o‘zgarishsiz qoldi va 15 ish kunini tashkil etadi.

21.08.20261