SOS
Deportatsiya

Rossiyada ayol kiyimida yurgan erkaklar 10 sutkaga qamaldi

Rossiyada ayol kiyimida yurgan erkaklar 10 sutkaga qamaldi

Moskvadagi «Sadovod» bozorida Tojikistonning ikki fuqarosi — Xasanchon R. va Yorgibegi M. ayollar kiyimida paydo bo‘lgani uchun huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hodisa bozorga tashrif buyurganlarning e’tiborini tortgach, politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgan.

Sud jarayonida ushbu shaxslarga nisbatan Rossiya qonunchiligiga muvofiq tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ularning tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi sud tomonidan taqiqlangan harakatlar targ‘iboti sifatida baholandi.

Sud qaroriga ko‘ra, har ikki shaxs 10 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olindi. Jazoni o‘tab bo‘lgach, ular Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborilishi (deportatsiya) belgilandi.

Ma’lumot uchun, sud majlisida Xasanchon R.ning bir nafar, Yorgibegi M.ning esa to‘rt nafar farzandi borligi qayd etilgan.

22.08.202610