SOS
Deportatsiya

Rossiyada migrantlar va ish beruvchilarga nisbatan nazorat kuchaytirildi

Rossiyada migrantlar va ish beruvchilarga nisbatan nazorat kuchaytirildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida migratsiya oqimlarini nazorat qilish va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettirmoqda. Nazorat tadbirlari doirasida ham xorijiy fuqarolar, ham ularni noqonuniy ishga yollagan ish beruvchilarning faoliyati tekshirilmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2026-yilning birinchi yarmida migratsiya qonunchiligini buzgan 27,8 mingta holat aniqlangan. Ushbu davr mobaynida Rossiya hududidan 72,6 ming nafar xorijlik chiqarib yuborilgan va deportatsiya qilingan. Shuningdek, 7,7 ming kishiga nisbatan mamlakatga kirishni taqiqlash bo'yicha qarorlar qabul qilingan.

Ish beruvchilar uchun ham nazorat choralari kuchaytirilgan. Joriy yilning olti oyida noqonuniy xorijiy ishchi kuchini jalb qilgan ish beruvchilar tomonidan sodir etilgan 50 mingta ma'muriy huquqbuzarlik aniqlangan. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 22,1 foizga ko'pdir. Tekshiruvlar samaradorligi 90 foizdan oshgan, ya'ni deyarli har bir tekshiruvda qonunbuzarlik qayd etilgan.

Bundan tashqari, 23,8 ming nafar xorijiy fuqaro majburiy daktiloskopik ro'yxatdan o'tkazilgan va suratga olingan. Migratsiya sohasidagi jinoyatlarni aniqlash bo'yicha ham ishlar olib borilmoqda: xususan, noqonuniy migratsiyani tashkil etish va hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog'liq 2,5 mingga yaqin jinoyat alomatlari aniqlangan.

11.09.20266