SOS
Deportatsiya

Rossiyada noqonuniy ishlagan 8 nafar xorijlik 5 yilga deportatsiya qilinadi

Rossiyada noqonuniy ishlagan 8 nafar xorijlik 5 yilga deportatsiya qilinadi

Zabaykalye o'lkasining Krasnokamensk shahri yaqinida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan xorijliklar guruhi aniqlandi. Tekshiruv davomida 8 nafar chet el fuqarosi dalada dorivor o'simliklarni yig'ish bilan shug'ullanayotgani ma'lum bo'ldi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar Rossiya Federatsiyasiga turistik maqsadlarda kirib kelgan, biroq amalda mahalliy aholi vakili tomonidan yollanib, mehnat faoliyatini olib borgan. Rossiya IIVning Krasnokamensk bo'limi xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv o'tkazildi.

Qonunbuzarlik sodir etgan har bir xorij fuqarosiga nisbatan Rossiya Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.10-moddasi (mehnat faoliyatini ruxsatsiz amalga oshirish) bo'yicha bayonnoma tuzildi. Shuningdek, ularni noqonuniy ishga yollagan Zabaykalye o'lkasi fuqarosi ham tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Migratsiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga nisbatan Rossiya hududidan ma'muriy chiqarib yuborish chorasi qo'llaniladi. Ushbu qarorga ko'ra, ular kelgusi besh yil davomida Rossiya Federatsiyasiga qayta kirish huquqidan mahrum etiladi.

07.09.20266