SOS
Deportatsiya

Rossiyada noqonuniy yashagan o'smir migrant mamlakatdan chiqarib yuborildi

Rossiyada noqonuniy yashagan o'smir migrant mamlakatdan chiqarib yuborildi

Qo'rg'on viloyatining Makushino shahrida joylashgan tibbiyot kollejlaridan birida o'tkazilgan tekshiruvlar davomida 16 yoshli xorijlik fuqaro aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, o'smir Rossiya Federatsiyasi hududida tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, ya'ni noqonuniy ravishda bo'lib kelgan.

Sud jarayonida o'smir Rossiya qonunchiligini buzganligi tasdiqlandi. U Rossiya Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.8-moddasi 1.1-qismi (Rossiyada bo'lish qoidalarini buzish va zarur hujjatlarning mavjud emasligi) bilan aybdor deb topildi.

Sud qaroriga ko'ra, xorijlik o'smirga 2 ming rubl miqdorida jarima solindi va uni Rossiya Federatsiyasi hududidan majburiy tartibda chiqarib yuborish (deportatsiya) belgilandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yigit Rossiyada 2024-yildan buyon noqonuniy tarzda yashab kelgan.

Sud qarori qonuniy kuchga kirgan va o'smir mamlakatdan chiqarib yuborilishi ta'minlanadi. Ushbu holat Rossiyada ta'lim olayotgan yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan xorijlik fuqarolar o'z hujjatlarining to'liqligi va amal qilish muddatini doimiy nazoratda tutishlari muhimligini yana bir bor eslatadi.

08.09.20262