SOS
Deportatsiya

Rossiyada saqlash markaziga tushgan o'zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyada saqlash markaziga tushgan o'zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblanib, vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan o'zbekistonlik ayol ozod etildi. Uning farzandi esa Novosibirskdagi mehribonlik uyida saqlanayotgan edi.

O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari mazkur holat bo'yicha saqlash markazi va mehribonlik uyi rahbariyati bilan tezkor muzokaralar olib bordi. Natijada ayol qisqa vaqt ichida ozod qilindi va unga vatanga qaytish uchun zarur bo'lgan sertifikat rasmiylashtirib berildi.

Diplomatlar bolani “Tolmachyovo” xalqaro aeroportiga olib kelib, onasiga topshirdi. Shundan so'ng ona va bola O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan so'nggi bir hafta ichida jami 5 nafar bolaning vatanga qaytishiga ko'maklashilgan. Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolar konsullik yordami uchun o'z vaqtida diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

21.10.20261