SOS
Deportatsiya

Rossiyada soxta ro'yxatdan o'tgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi

Rossiyada soxta ro'yxatdan o'tgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi

Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanida xorijlik fuqarolarning noqonuniy bo'lishini tashkil etish bilan bog'liq sxema fosh etildi. Rossiya IIV bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Murino va Bugri shaharlarida istiqomat qiluvchi uch nafar shaxs migrantlarni o'z manzillariga soxta ro'yxatga qo'yib kelgan.

Politsiya surishtiruviga ko'ra, 2014-yildan 2026-yilgacha bo'lgan davrda ushbu shaxslar kamida 15 nafar chet el fuqarosini o'z yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazgan. Buning evaziga ular har bir migrantdan oyiga 5 ming rubl miqdorida haq olib turishgan. Tekshiruv davomida xorijliklar ko'rsatilgan manzillarda amalda yashamaganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchi sifatida 49 yoshli mahalliy fuqaro hamda uning 47 va 79 yoshli ikki yordamchisi qo'lga olingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu sxemadan foydalangan barcha xorijliklar Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborilishini ma'lum qildi. Hozirda jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari davom etmoqda va boshqa ishtirokchilar ham aniqlanmoqda.

31.10.20261