Rossiya IIV Migratsiya masalalari boshqarmasi va Federal sud ijrochilari xizmati xodimlari migratsiya qonunchiligini buzgan xorijiy fuqarolarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo'yicha nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda. 21-oktyabr kuni qonunbuzarlik sodir etgan 25 nafar xorijlik fuqaro o'z vataniga majburiy tartibda jo'natildi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu shaxslarga nisbatan Rossiya qonunchiligini qayta buzmasliklari uchun mamlakatga kirish taqiqlandi. Hozirgi vaqtda yana 105 nafar xorijlik fuqaro vaqtinchalik saqlash markazida deportatsiya qarorining ijrosini kutmoqda.
Umumiy hisobda, joriy yil boshidan buyon 1732 nafar xorijiy fuqaroga nisbatan ma'muriy chiqarib yuborish qarori qabul qilingan. Shuningdek, 3015 nafar shaxsning Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi taqiqlangan.









