SOS
Deportatsiya

Rossiyadan uch nafar xorijiy fuqaro chiqarib yuborildi

Rossiyadan uch nafar xorijiy fuqaro chiqarib yuborildi

Rossiya IIV hududiy boshqarmasi xabariga ko‘ra, mamlakat qonunchiligini buzgan uch nafar xorijiy fuqaro Rossiyadan chiqarib yuborildi. Ular avvalroq IIVning xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan.

Chiqarib yuborilganlar orasida Markaziy Osiyodan bo‘lgan shaxs ham bor. U avvalroq giyohvand moddalarni noqonuniy saqlaganlikda ayblanib, jazo muddatini Ryazan viloyatidagi koloniyada o‘tagan. Jazoni o‘tab bo‘lgach, uning Rossiyada bo‘lishi istalmagan deb topilgan.

Shuningdek, yana ikki nafar xorijlik — Lotin Amerikasi va Markaziy Osiyo fuqarolari mamlakatga kirish va bo‘lish qoidalarini buzgani uchun majburiy tartibda chiqarib yuborildi.

Politsiya va sud ijrochilari nazorati ostida ushbu shaxslar Domodedovo aeroportiga olib borilgan. Ular o‘z hisoblaridan vatanlariga jo‘nab ketishgan.

22.08.20264