Rossiyaga kirish taqiqlangan migrant 6 ta alohida taqiqqa duch keldi

Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotgan migrantlar uchun qonunchilik talablariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. So'nggi kuzatuvlarga ko'ra, bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o'zida 6 ta turli xil kirish taqiqi (zapret) qo'yilgan holat qayd etildi.
Aniqlanishicha, migrant Rossiyada bo'lgan vaqtida bir yil ichida ikki marta ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Qonunchilikka ko'ra, bu holat mamlakatga kirishni taqiqlash uchun asos bo'ladi. Shuningdek, belgilangan jarimalarning o'z vaqtida to'lanmagani sababli unga yana ikkita taqiq qo'shilgan.
Sud qaroriga ko'ra, ikki va undan ortiq taqiq olgan shaxsni Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborish belgilangan. Ushbu taqiqlardan ikkitasining muddati ko'rsatilmagan bo'lib, amaliyotda bunday holatlar umrbodlik taqiqni anglatadi.
Mutaxassislar Rossiyada ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganda mamlakatni belgilangan muddatda tark etish zarurligini eslatishadi. Aks holda, qayta kirish huquqidan butunlay mahrum bo'lish yoki bir nechta taqiqlar yig'ilib qolishi xavfi mavjud.








