Perm o'lkasining Chaykovskiy shahrida yashovchi ayol noqonuniy migratsiyani tashkil etganlikda ayblanib, 3,5 yilga koloniyaga hukm qilindi. Sud qaroriga ko'ra, ayol Rossiyaga kirishi besh yil muddatga taqiqlangan Belarus fuqarosiga poyezd chiptalarini sotib olib bergan.
Ma'lum bo'lishicha, erkak avvalroq Rossiyada noqonuniy bo'lib turgani uchun mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Biroq, u pasportini almashtirib, qayta kirib kelgan. Ayol sud jarayonida tanishining kirish taqiqi borligini bilmaganini va u o'zini o'zi ro'yxatdan o'tkazadi deb o'ylaganini bildirgan. Shunga qaramay, sud mazkur vajlarni yetarli emas deb topdi.
Ushbu holat migrantlar va ularning yaqinlari uchun muhim ogohlantirishdir. Rossiya qonunchiligiga ko'ra, mamlakatga kirishi taqiqlangan shaxslarning noqonuniy harakatlariga ko'maklashish, jumladan, ularga transport chiptalarini xarid qilish yoki yashash joyi bilan ta'minlash «noqonuniy migratsiyani tashkil etish» deb baholanishi mumkin.
Sud hukmi ayolning voyaga yetmagan farzandi borligi sababli bola 14 yoshga to'lgunga qadar kechiktirildi. Mutaxassislar Rossiyada bo'lib turgan fuqarolarni o'zlarining va yaqinlarining migratsiya maqomini tekshirish hamda qonun talablariga qat'iy rioya qilishga chaqiradilar.









