SOS
Deportatsiya

Sochida 14 nafar migrant jarimaga tortilib, Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Sochida 14 nafar migrant jarimaga tortilib, Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Rossiya IIVning Krasnodar o'lkasi bo'yicha bosh boshqarmasi xabariga ko'ra, Sochi shahrining barcha tumanlarida migratsiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish bo'yicha keng ko'lamli tadbirlar o'tkazildi. Ikki kun davom etgan reydlar natijasida huquq-tartibot organlari tomonidan 59 ta ma'muriy material to'plandi va 200 dan ortiq shaxs politsiya bo'limlariga olib kelindi.

Tekshiruvlar davomida 14 nafar xorijlik fuqaro Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.8-moddasi 1.1-qismi (Rossiya Federatsiyasida bo'lish rejimini buzish) bo'yicha javobgarlikka tortildi. Ushbu qoidabuzarlik uchun qonunchilikda jarima solish va mamlakat hududidan majburiy chiqarib yuborish jazosi nazarda tutilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, noqonuniy migratsiyani aniqlash bo'yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Migrantlarga o'z hujjatlarini va Rossiya hududida bo'lish qoidalarini qat'iy nazorat qilish tavsiya etiladi.

05.10.20260