Xabarovsk o'lkasida «Nelegal-2026» profilaktik tadbiri doirasida politsiya xodimlari migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish bo'yicha reydlar o'tkazdi. Tekshiruvlar Nanay, Komsomolsk va Lazo tumanlaridagi korxonalar hamda avtomobil yo'llarida amalga oshirildi.
Nanay tumanida ikki nafar xorijlik fuqaro ruxsatnomada ko'rsatilmagan sohada ishlagani uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi. Ularning har biriga 2 ming rubl miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, ushbu xorijliklarni noqonuniy ishga jalb qilgan yuridik shaxsga nisbatan ham ish qo'zg'atildi.
Lazo tumanida o'tkazilgan reydlar davomida 100 nafar xorijlik tekshirilib, 16 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi. To'rt nafar migrantda Rossiyada bo'lish huquqini beruvchi hujjatlar yo'qligi aniqlangan. Ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar tuzilib, mamlakatdan tashqariga chiqarib yuborish (deportatsiya) masalasi ko'rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, yana 12 nafar xorijlik fuqaro mehnat faoliyatini noqonuniy amalga oshirgani va Rossiyada bo'lish qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi. Ushbu tuman bo'yicha belgilangan umumiy jarimalar summasi 32 ming rublni tashkil etdi. Komsomolsk tumanida esa 10 nafar haydovchi tekshiruvdan o'tkazilib, qoidabuzarliklar aniqlanmadi.









