21-noyabr kuni Qozon shahridagi «Piramida» konsert zalida «Sharq bozori» xalqaro musiqa festivalining gala-konserti bo'lib o'tadi. Tadbirda dunyoning 50 dan ortiq mamlakati va Rossiya hududlaridan 200 dan ziyod ijodkorlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Festivalda O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, shuningdek, Jazoir, Iroq, Marokash, Saudiya Arabistoni, Eron va boshqa davlatlardan kelgan san'atkorlar o'z milliy madaniyati, musiqasi va raqslarini namoyish etadi. Bu Rossiyada yashab mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun o'z milliy san'ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi.
Konsert dasturining asosiy mehmonlari qatorida O'zbekistonning «Yalla» ansambli ham bor. Jamoa o'zining mashhur «Uchquduq», «Choyxona» va «Chinuri» kabi qo'shiqlari bilan chiqish qiladi. Shuningdek, sahnada qozoq estradasi vakili Roza Rimbayeva va adigeylik ijrochi Aydamir Mugu ham ishtirok etadi.
Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, mazkur tadbir turli xalqlar madaniyatini birlashtiruvchi va do'stlik muhitini targ'ib qiluvchi yirik madaniy loyiha hisoblanadi. Konsertga tashrif buyurmoqchi bo'lgan tomoshabinlar chiptalarni maxsus platformalar orqali xarid qilishlari mumkin.









