Yekaterinburg shahridagi 149-sonli oʻrta maktab oʻquvchilarining tarkibi boʻyicha oʻziga xos rekord oʻrnatdi — undagi jami bolalarning qariyb 98 foizini Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan muhojirlar farzandlari tashkil etmoqda.
Rossiyaning «78» telekanali bergan xabarga koʻra, mazkur taʼlim muassasasi shaharning Jeleznodorojniy tumani, Sortirovochniy mavzesida joylashgan. Bu hudud azaldan muhojirlar eng koʻp istiqomat qiladigan maskan sifatida tanilgan.
Oʻquvchilar tarkibining statistikasi: Tojiklar: qariyb 70 foizQirgʻizlar: taxminan 15 foiz Oʻzbeklar: 10 foizdan sal koʻproq Mahalliy aholi (ruslar): atigi 2 yoki 3 foiz
Mavzedagi mahalliy aholi vakillari oʻz farzandlarini ushbu maktabga berishni deyarli istashmaydi. Oqibatda, maktab binosida ruscha «zdravstvuyte» soʻzidan koʻra, oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillaridagi «assalomu alaykum» yoki «salom» aliklari ancha koʻproq eshitiladi.Ijtimoiy reksiya va til muammosi
Maktabdagi ayrim oʻquvchilarning rus tilini yaxshi bilmasligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama va hayratga sabab boʻldi. Koʻpchilik foydalanuvchilar Rossiyada maktabga qabul qilish uchun rus tili boʻyicha majburiy imtihonlar va talablar joriy etilgan bir paytda, tilni bilmaydigan bolalar qanday qilib oʻqishga qabul qilinayotgani haqida savol qoʻymoqda.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi boʻyicha eng yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.









