SOS
Diaspora

Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlar O‘zbekiston mustaqilligini nishonlamoqda

Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlar O‘zbekiston mustaqilligini nishonlamoqda

Koreya Respublikasi, Germaniya, Slovakiya, Yaponiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘z tabriklarini yo‘llashdi.

Chet elda bo‘lishiga qaramay, vatandoshlar qalb va ruh bilan doimo ona yurt bilan birga ekanliklarini hamda Vatan bilan bog‘liq tuyg‘ularini izhor etishdi. Ular O‘zbekiston har bir fuqaro uchun g‘urur va kuch manbai ekanligini ta’kidlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Migratsiya agentligi ham barcha vatandoshlarni ushbu sana bilan muborakbod etdi.

31.08.20266