SOS
Diaspora

Yekaterinburgdagi migrantlarga huquqiy maslahatlar berildi: qanday holatlarda konsulxonaga murojaat qilish kerak?

Yekaterinburgdagi migrantlarga huquqiy maslahatlar berildi: qanday holatlarda konsulxonaga murojaat qilish kerak?

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari “MonolitStroy” MCHJ qurilish korxonasida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Muloqot davomida diplomatlar migrantlarga xorijda bo‘lib turgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ish joyida xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda mehnat shartnomasi shartlariga qat’iy rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda ish beruvchi tomonidan oylik maoshlar kechiktirilishi yoki mehnat huquqlarining buzilishi kabi holatlar yuzaga kelsa, zudlik bilan Bosh konsulxonaning “Call-markazi”ga murojaat qilish zarurligi eslatib o‘tildi. Bu kabi murojaatlar masalalarni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, migrantlarga Rossiyadagi amaldagi migratsiya qoidalariga amal qilish, shuningdek, favqulodda holatlar va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) hujumi xavfi yuzaga kelganda shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

07.09.20269