SOS
Diaspora

Rossiyada o'zbek tilidagi MAX messenjeri taqdim etildi: migrantlar uchun qulayliklar

Rossiyada o'zbek tilidagi MAX messenjeri taqdim etildi: migrantlar uchun qulayliklar

Moskvada Rossiyaning MAX messenjeri interfeysining o'zbek tilidagi versiyasi taqdim etildi. Mazkur yangilik platformadan foydalanuvchi o'zbekistonliklar uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi. Dasturchilarning ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston messenjerning xorijiy foydalanuvchilari orasida birinchi o'rinda turadi.

Statistikaga ko'ra, messenjerning 11,5 million xorijiy foydalanuvchisidan qariyb 4 millioni O'zbekiston hissasiga to'g'ri keladi. Respublikadagi foydalanuvchilar kuniga o'rtacha 11,7 millionta xabar almashadi va 1,3 millionta qo'ng'iroqni amalga oshiradi. Kompaniya bosh direktori Farit Xusnoyarov o'zbekistonlik auditoriya platforma uchun eng muhim xorijiy yo'nalish ekanligini ta'kidladi.

Taqdimot davomida kiberxavfsizlik va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Foydalanuvchilarga akkauntlarni himoyalash uchun ikki bosqichli autentifikatsiya, maxfiylik sozlamalari, oilaviy rejim hamda shubhali havolalar va xabarlarni aniqlash mexanizmlari taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, 2026-yil oktyabr oyi boshiga kelib messenjerda jami 140 million foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan. MAX platformasi 2025-yil 26-martda ishga tushirilgan bo'lib, o'sha yilning iyul oyida Rossiyaning milliy messenjeri maqomini olgan.

16.11.20263