SOS
Diaspora

Samara viloyatida o'zbek va tojik diasporalari vakillari taqdirlandi

Samara viloyatida o'zbek va tojik diasporalari vakillari taqdirlandi

Xalqlar doʻstligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlash yoʻlidagi samarali mehnatlarni munosib eʼtirof etish maqsadida, Novokuybishevsk shahridagi Madaniyat saroyida Xalq birligi kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Keng jamoatchilik va milliy diaspora vakillari ishtirok etgan tadbir Rossiya Federatsiyasining Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Tantanali tadbir doirasida shahar va viloyat miqyosida millatlararo tinchlikni saqlash, madaniy xilma-xillikni rivojlantirish hamda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan faollar maxsus mukofotlar bilan taqdirlandilar. Hududda faoliyat yuritayotgan eng yirik va nufuzli tashkilotlar qatorida Oʻzbek milliy jamoasi, Tojik milliy jamoasi hamda “Russkaya obshina” (Rus jamiyati) vakillariga Novokuybishevsk shahar okrugi rahbarining rasmiy Tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotlarni shahar rahbariyati nomidan yuqori martabali rasmiylar — shahar okrugi rahbarining birinchi oʻrinbosari va maʼmuriyat apparati rahbari Yuliya Gorbunova hamda shahar okrugi Dumasi raisining oʻrinbosari Ilya Uvarov topshirdilar. Rasmiylar oʻz nutqlarida oʻzbek va tojik diasporalari hamda rus jamiyatining shahar ijtimoiy-madaniy hayotidagi oʻrni beqiyos ekanini, ushbu jamoalar xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigini mustahkamlashda namuna boʻlayotganini alohida qayd etdilar.

Eʼtiborli jihati, ushbu mukofotlar mintaqada turli millat vakillarining hamjihatlikda yashashi, migrantlarning mahalliy jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi hamda oʻzbek va tojik xalqlarining boy madaniy merosini munosib targʻib qilish borasidagi tizimli saʼy-harakatlarning yuqori darajadagi eʼtirofidir.

09.11.20266