Yoqutsk shahridagi Ijtimoiy va madaniy moslashuv markazi xorijlik fuqarolar hamda ularning farzandlari uchun rus tilini o'rganish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu ayniqsa 2025-yildan boshlab maktabga qabul qilinadigan xorijlik bolalar uchun muhim, chunki ular rus tilini bilish darajasi bo'yicha testdan o'tishlari talab etiladi.
Markazda kattalar va 6,5 yoshdan oshgan bolalar uchun 36 soatlik bepul o'quv kurslari tashkil etilgan. Mashg'ulotlar kattalar uchun erkaklar va ayollar guruhlariga alohida bo'lingan holda o'tkaziladi. Shuningdek, markazga shaxsan borish imkoni bo'lmaganlar uchun masofaviy (onlayn) ta'lim shakli ham mavjud.
Kurslar testga tayyorlashni maqsad qilmagan bo'lsa-da, ular rus tilini tushunish, so'z boyligini oshirish hamda kundalik mavzularda erkin muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Darslar Yoqutsk shahri, Okrujnoye shossesi, 10/1 manzilidagi «Olyokma» savdo markazining 2-qavatida o'tkaziladi.
Qo'shimcha ma'lumot olish yoki kurslarga yozilish uchun 8 (800) 100-60-59, 8 (961) 867-67-87 va 8 (4112) 31-88-99 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin. Markaz ish vaqti dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi 13:00 dan 14:00 gacha) etib belgilangan.









