SOS
Hujjatlar

2026-yildan RVP va VNJ uchun imtihon topshirish tartibi o‘zgaradi

2026-yildan RVP va VNJ uchun imtihon topshirish tartibi o‘zgaradi

Rossiyada 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) va yashash guvohnomasi (VNJ) olish uchun imtihon topshirish jarayonida muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi. Endilikda qog‘oz shaklidagi testlar bekor qilinib, barcha imtihonlar kompyuterlar orqali o‘tkaziladi.

Imtihon jarayoni to‘liq nazorat ostida bo‘lib, u video va audio yozuvlar orqali qayd etib boriladi. Sinov vaqtida lug‘at yoki tarjimon dasturlaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Imtihon rus tili, Rossiya tarixi hamda qonunchilik asoslari bo‘yicha bilim darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.

Ushbu talab barcha xorijliklar uchun majburiy hisoblanadi. Biroq, ayrim toifadagi shaxslar, jumladan, yuqori malakali mutaxassislar, 65 yoshdan oshgan erkaklar va 60 yoshdan oshgan ayollar, 18 yoshga to‘lmaganlar, shuningdek, Belarus fuqarolari va davlat ko‘chirish dasturi ishtirokchilari imtihondan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, RVP uchun olingan sertifikat 3 yil muddatga amal qilsa, VNJ uchun olingan sertifikat muddatsiz hisoblanadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tmaslik hujjatlarni rasmiylashtirishning rad etilishiga olib keladi, shuning uchun tayyorgarlikni oldindan boshlash tavsiya etiladi.

31.08.20260