Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy fuqarolar uchun yangi qonunchilik talablari joriy etilmoqda. 241-FZ-sonli federal qonunga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan e'tiboran xorijlik ishchining daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjud emasligi patent yoki ishlash uchun ruxsatnomani bekor qilish yoxud ularni berishni rad etish uchun asos bo'ladi.
Ushbu nazorat mexanizmi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab soliq organlari xorijliklarning daromadlari, ya'ni sug'urta badallari bo'yicha hisob-kitoblar haqidagi ma'lumotlarni Rossiya IIVga taqdim etib kelmoqda. Shuningdek, 2026-yil 25-oktyabrdan Pensiya va ijtimoiy sug'urta jamg'armasi xorijliklarning mehnat faoliyati to'g'risidagi axborotlarni davlat elektron tizimlari orqali IIVga uzatishni boshlagan.
2027-yil 1-yanvardan boshlab, agar xorijiy fuqaroning kalendar yil davomidagi 3, 6, 9 va 12 oylik davrlar uchun olingan daromadlari, to'lovlari va boshqa mukofotlari bo'yicha sug'urta badallari hisob-kitoblarida ma'lumotlar qayd etilmagan bo'lsa, uning ishlash uchun ruxsatnomasi yoki patenti bekor qilinadi. Shu sababli, migrantlar o'z ish beruvchilari tomonidan daromadlar va sug'urta badallari bo'yicha hisobotlar to'g'ri taqdim etilayotganini nazorat qilishlari tavsiya etiladi.









