Rossiyaning Primorye o'lkasi Artyom shahrida migratsiya masalalari bo'limi uchun yangi bino foydalanishga topshirildi. Avvalgi, Dzerjinskiy ko'chasi, 37-uy manzilida joylashgan bino avariya holatida deb topilgani sababli, xizmat ko'rsatish sifati va sharoitlari bo'yicha e'tirozlar mavjud edi.
Endilikda migratsiya bo'limi Artyom shahri, Kirov ko'chasi, 31-uy manzilida joylashgan yangi ma'muriy binoda fuqarolarni qabul qilmoqda. Bino 2026-yilning IV choragi boshiga qadar ta'mirlanib, zarur texnik vositalar, jumladan, konditsionerlar, videokuzatuv va yong'in xavfsizligi tizimlari bilan jihozlandi.
Ma'lum qilinishicha, hozirgi vaqtda qabul jarayonlari binoning ikkinchi qavatida amalga oshirilmoqda. Birinchi qavatda esa nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulayliklar yaratish ishlari davom ettirilmoqda, xususan, nogironlar aravachasi uchun pandus tayyor holga keltirilgan.
Primorye o'lkasi IIV vakillarining ta'kidlashicha, migratsiya xizmatlari sifatini oshirish maqsadida mintaqadagi ellikdan ortiq bo'lim va postlarni bosqichma-bosqich yangilash rejalashtirilgan. Joriy yilda shuningdek, Ussuriysk shahridagi migratsiya bo'limining qabul zali ham rekonstruksiya qilingan.









