Kaluga viloyatida Rossiya Milliy gvardiyasi xodimlari o'tgan yetti kun davomida 45 dan ortiq ma'muriy huquqbuzarlik holatini aniqlashdi. Shunday voqealardan biri shu hafta Kaluga shahrida sodir bo'ldi.
Patrul xizmati xodimlari jamoat joyida spirtli ichimlik ichayotgan ikki erkakni payqab qolishdi. Tekshiruv jarayonida ulardan biri 40 yoshli xorijlik fuqaro ekani va u Rossiya hududida tegishli hujjatlarsiz yurgani ma'lum bo'ldi. Uning yonida faqat xorijiy davlat pasportining qog'oz nusxasi bo'lgan, xolos.
Qoidabuzarlik sodir etgan har ikki shaxs holatga oydinlik kiritish uchun politsiya bo'limiga olib ketildi. Rossiyada bo'lib turgan migrantlar uchun jamoat joylarida spirtli ichimlik iste'mol qilish va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasiga ega bo'lmaslik ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.









