SOS
Hujjatlar

Leningrad viloyatida noqonuniy migratsiyani tashkil etgan shaxslar qo‘lga olindi

Leningrad viloyatida noqonuniy migratsiyani tashkil etgan shaxslar qo‘lga olindi

Leningrad viloyatining Lomonosov tumanida noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, ushlanganlarning biri 33 yoshli Rossiya fuqarosi, ikkinchisi esa 32 yoshli xorijlik migrantdir.

Aniqlanishicha, mazkur shaxslar Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish hamda migratsiya hisobiga turish uchun soxta hujjatlarga ehtiyoji bor xorijliklarni topish bilan shug‘ullangan. Ular mijozlarga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga pul olib kelishgan.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, noqonuniy migratsiyani tashkil etish og‘ir jinoyat hisoblanadi va ushbu qilmish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

16.08.20260