SOS
Hujjatlar

Migrantlar onlayn to'lovlar uchun 1,2 mlrd rubl sarfladi: asosiy xarajatlar nimalarga ketmoqda?

Migrantlar onlayn to'lovlar uchun 1,2 mlrd rubl sarfladi: asosiy xarajatlar nimalarga ketmoqda?

First Data tahliliy kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvaridan avgustigacha bo'lgan davrda Rossiyadagi mehnat migrantlari tomonidan amalga oshirilgan onlayn to'lovlar hajmi 1,2 milliard rublni tashkil etdi. Bu davrda onlayn operatsiyalar soni 116 foizga o'sgan bo'lib, jami 1 milliondan ortiq tranzaksiya qayd etilgan.

Statistikaga ko'ra, xarajatlarning eng katta qismi patentlar va migratsiya xizmatlari uchun to'lovlardan iborat. Ushbu turdagi tranzaksiyalar soni yil boshidan buyon 2086 foizga, ya'ni 20 baravardan ko'proqqa oshgan. Hozirda har uchinchi onlayn to'lov aynan shu xizmatlar uchun amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, kundalik ehtiyojlar uchun onlayn xaridlar hajmi ham sezilarli darajada ko'paygan. Xususan, kiyim-kechak xaridlari 180 foizga, mobil aloqa va internet xizmatlari uchun to'lovlar 115 foizga, karshering va avtomobil ijarasi 89 foizga oshgan. Smartfon aksessuarlari va texnika xaridlari 65 foizga, striming platformalari hamda ko'ngilochar xizmatlar uchun sarf-xarajatlar esa 54 foizga ko'paygan.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, onlayn xaridlarni asosan 25 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar amalga oshirmoqda. Erkaklar umumiy xaridlarning 73 foizini, ayollar esa 27 foizini tashkil etgan. Eslatib o'tamiz, Rossiya IIV ma'lumotlariga ko'ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab mehnat migrantlari o'zlarining ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq to'lashlari belgilangan.

14.09.20263