SOS
Hujjatlar

Moskva va viloyatida ishlovchi migrantlar patent to'lovini qanday amalga oshirishi kerak?

Moskva va viloyatida ishlovchi migrantlar patent to'lovini qanday amalga oshirishi kerak?

2025-yil 1-sentabrdan e'tiboran Moskva shahri va Moskva viloyati hududlarida yagona patent tizimi joriy etildi. Bu o'zgarishga ko'ra, migrantlar shahar uchun olingan patent bilan viloyatda, viloyat uchun olingan patent bilan esa shaharda ishlash huquqiga ega bo'ldi. Biroq ushbu imkoniyatdan foydalanayotgan shaxslar soliq to'lovlarini amalga oshirishda ma'lum qoidalarga rioya qilishlari shart.

Asosiy qoida shundaki, patent to'lovi aynan ishlayotgan hudud talablariga muvofiq bajarilishi kerak. Agar siz Moskva shahri uchun patent rasmiylashtirgan bo'lsangiz-u, lekin Moskva viloyatida ishlayotgan bo'lsangiz, to'lovni aynan Moskva viloyati rekvizitlari bo'yicha amalga oshirishingiz lozim. Bunda eng muhim jihat — to'lov topshiriqnomasida OKTMO kodini to'g'ri ko'rsatishdir.

OKTMO kodi patent qaysi hudud uchun mo'ljallanganini anglatadi. Moskva shahri uchun berilgan patentlarda bu kod 45 raqami bilan, Moskva viloyati uchun berilganlarida esa 46 raqami bilan boshlanadi. Kodni aniqlash uchun Rossiya Federal soliq xizmatining fias.nalog.ru rasmiy saytidan foydalanish mumkin. Saytning “rasshirenniy poisk” bo'limida hududni tanlab, kerakli shahar okrugi bo'yicha 46 bilan boshlanuvchi kodni olish imkoni mavjud.

To'lovni amalga oshirishda yagona rekvizitlardan foydalaniladi, biroq OKTMO qatori har bir migrant o'zi ishlayotgan hududga qarab to'ldirishi shart. Xato ko'rsatilgan kod yoki noto'g'ri hudud rekvizitlari to'lovning o'z vaqtida yetib bormasligiga va patentning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, har bir to'lovdan oldin hududiy kodni qayta tekshirib olish tavsiya etiladi.

16.09.202610