SOS
Hujjatlar

Rossiyada migrantlar daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

Rossiyada migrantlar daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

Rossiyada faoliyat yuritayotgan mehnat migrantlaridan bank muassasalari, davlat organlari va sud jarayonlarida daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki 3-NDFL shakli talab qilinmoqda. Ushbu hujjat kredit olish, ipoteka rasmiylashtirish, viza olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish hamda sud nizolarida moliyaviy holatni tasdiqlash uchun zarur hisoblanadi.

Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Rossiya Federal soliq xizmatining (FNS) rasmiy sayti yoki «Gosuslugi» portali orqali elektron shaklda olish mumkin. Tizimda barcha ish beruvchilardan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda aks etadi.

«Gosuslugi» portali orqali oxirgi 3 yil uchun, FNS sayti orqali esa oxirgi 5 yil uchun ma’lumotnomalarni yuklab olish imkoniyati mavjud. Agar fuqaro bir yil davomida bir nechta tashkilotda ishlagan bo‘lsa, har bir ish beruvchi bo‘yicha alohida ma’lumotnoma shakllantiriladi.

Ma’lumotnoma so‘rov yuborilgandan so‘ng qisqa vaqt ichida tayyor bo‘ladi. Foydalanuvchi o‘zi uchun kerakli bo‘lgan davrni (1 oydan 5 yilgacha) tanlashi mumkin. Banklar odatda so‘nggi bir necha oy yoki 2-3 yillik daromadlar haqidagi hisobotni talab qilishini inobatga olish tavsiya etiladi.

24.08.20260