SOS
Hujjatlar

Rossiyada migratsiya qoidalari va javobgarlik choralari eslatildi

Rossiyada migratsiya qoidalari va javobgarlik choralari eslatildi

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Oryol viloyati bo'yicha boshqarmasi migratsiya sohasidagi qoidalarga rioya qilish yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi. Unga ko'ra, noqonuniy yashash, soxta hisobga qo'yish va ruxsatsiz mehnat faoliyatini amalga oshirish qonunbuzarlik hisoblanadi.

Qonunchilikka muvofiq, migratsiya qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy (Rossiya Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksining 18.8–18.20-moddalari) hamda jinoiy (Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1–322.3-moddalari) javobgarlik belgilangan. Ushbu choralar jarimalar, Rossiya hududidan chiqarib yuborish yoki ozodlikdan mahrum qilishni o'z ichiga olishi mumkin.

Chet el fuqarolari faqat patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma mavjud bo'lganda va migratsiya hisobida turgan taqdirdagina mehnat qilish huquqiga ega. Shuningdek, haqiqatda yashash niyati bo'lmasdan turib, soxta ro'yxatdan o'tish yoki yolg'on ma'lumotlar taqdim etish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Uy-joy egalari bo'lgan Rossiya fuqarolari xorijliklarni qabul qilganda, ularning kelgani haqida 7 kunlik muddat ichida IIV organlarini xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmaslik ham qonuniy javobgarlikka olib keladi.

Migratsiya qonunchiligining buzilishi yoki shubhali holatlar haqida Oryol viloyati Tergov boshqarmasining 8 (4862) 73-29-75 yoki 8-920-815-65-55 ishonch telefonlariga kechayu kunduz xabar berish mumkin.

16.08.20261