SOS
Hujjatlar

Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Checheniston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi migratsiya qonunchiligiga rioya qilish muhimligi yuzasidan bayonot berdi. Unga ko'ra, chet el fuqarolarining Rossiyaga noqonuniy kirishi, ularning mamlakatda noqonuniy bo'lishi yoki tranzit o'tishini tashkil etgan shaxslar Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasiga binoan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu qilmish uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Agar jinoyat oldindan til biriktirgan guruh tomonidan, mansab mavqeidan foydalangan holda yoki jinoyat sodir etish maqsadida amalga oshirilsa, jazo muddati yetti yilgacha uzayishi, shuningdek, 500 ming rublgacha jarima solinishi mumkin.

Shuningdek, xorijliklarni amalda yashash joyi bilan ta'minlamasdan, faqat daromad olish maqsadida turar joyga soxta ro'yxatdan o'tkazish holatlari ham qat'iy nazoratga olingan. Rossiya Jinoyat kodeksining 322.2 va 322.3-moddalariga muvofiq, soxta ro'yxatga olish yoki hisobga qo'yish harakatlari uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

24.08.20261