SOS
Hujjatlar

Rossiyada o'qiyotgan talabalar uchun ishlash tartibi: kimga patent kerak?

Rossiyada o'qiyotgan talabalar uchun ishlash tartibi: kimga patent kerak?

Rossiya oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning ishlash huquqi ularning o'qish shakliga bog'liq. Akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim dasturi bo'yicha kunduzgi (ochniy) bo'limda o'qiyotgan talabalar o'qishdan bo'sh vaqtlarida ishlash uchun patent yoki alohida ruxsatnoma olishlari shart emas.

Biroq, kunduzgi-sirtqi (ochno-zaochniy) yoki sirtqi (zaochniy) bo'limda o'qiydigan talabalar ishlash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishlari shart. Bunda Rossiyaga vizasiz kirib kelganlar patent, viza bilan kelganlar esa ishlash uchun ruxsatnoma olishlari lozim.

Shuni yodda tutish kerakki, talaba o'qishni tamomlagan yoki o'qishdan chetlashtirilgan taqdirda, ish beruvchi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi shart. Shuningdek, har qanday holatda ham ish beruvchi xorijlik talaba bilan mehnat shartnomasi tuzilgani yoki bekor qilingani haqida 3 ish kuni ichida Rossiya IIVni xabardor qilishi talab etiladi.

Bundan tashqari, Rossiyadagi xorijlik talabalar o'qish davrida vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVPO) olish imkoniyatiga ega. Oliy o'quv yurtini qizil diplom bilan tamomlagan xorijlik bitiruvchilar esa to'g'ridan-to'g'ri Rossiyada yashash guvohnomasi (VNZh) olish huquqiga ega bo'ladilar.

05.11.202616